Shakala

Shakala, Shakla (sanskritcha: pali tilida — Sakala) — Panjobdagi qadimgi shahar (hozirgi Sialkot, Pokiston). Mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida vujudga kelgan deb taxmin etiladi. Shimoliy Gʻarbiy Hindistonning muhim savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan. Podsho Menandr davrida Sh. Hindyunon davlatining poytaxti boʻlgan. 56-asrlarda eftaliylar istilosi davrida jiddiy shikastlangan, birok, Mixirakula davlatining poytaxti boʻlgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda shahrining mavqei ancha pasaygan.[1]

  1. "Shakala" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search